| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi67 marta oʻqildi

Oʻzbekistonga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit ajratiladi

Osiyo taraqqiyot banki qarz mablagʻlarini ajratishdan avval mamlakatdagi makroiqtisodiy holat, shu jumladan, Davlat qarziga xizmat koʻrsatish xatarlari tahlil qildi. Tahlil natijalariga koʻra, OTB tomonidan Respublika Davlat qarzi barqaror va xatarlar past darajada deb baholangan.

Oʻzbekistonga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit ajratiladi

2020 yil 25 iyun kuni Osiyo Taraqqiyot Bankining Direktorlar Kengashi koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish boʻyicha qarorni bir ovozdan maʼqulladi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlumot uchun: 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli qarz mablagʻlari 15 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) Libor (6 oylik) + spred (0,5%) yillik foiz stavkasida ajratilmoqda.

Jalb qilinayotgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi va davlat byudjetiga koronavirus pandemiyasi va global inqirozning salbiy taʼsirini kamaytirish choralarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Osiyo taraqqiyot banki qarz mablagʻlarini ajratishdan avval mamlakatdagi makroiqtisodiy holat, shu jumladan, Davlat qarziga xizmat koʻrsatish xatarlari tahlil qildi. Tahlil natijalariga koʻra, OTB tomonidan Respublika Davlat qarzi barqaror va xatarlar past darajada deb baholangan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ