| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi176 marta oʻqildi

Oʻzbekistonga 2020 yilda qaysi davlat koʻproq investitsiya kiritgani maʼlum boʻldi

2020 yilning yanvar - aprel oylarida Oʻzbekistonga davlatlar tomonidan asosan elektrotexnika, charm-poyabzal va kimyo sanoati sohalariga investitsiya kiritilgan.

Oʻzbekistonga 2020 yilda qaysi davlat koʻproq investitsiya kiritgani maʼlum boʻldi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga koʻra 2020 yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda umumiy hajmi 2,5 milliard dollarga teng xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning 1,7 milliard dollari - toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va 831 million dollar- chet el kreditlari tashkil qilgan. Shuningdek, 336 ta loyiha foydalanishga topshirildi: 8 ta yirik sanoat korxonasi va 328 ta mintaqaviy ahamiyatga ega sanoat obʼyektlari qurib bitkazildi.

Rossiya, Xitoy, Germaniya va Janubiy Koreyaning ishbilarmonlari Oʻzbekiston iqtisodiyotiga eng koʻp sarmoya kiritgan boʻlib, investitsiya kiritgan davlatlarning umumiy soni 37 tani tashkil etdi.

Ular uchun elektrotexnika, charm-poyabzal va kimyo sanoati eng jozibali boʻldi. Oʻsish koʻrsatkichlari neft-gaz sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarishda kuzatildi.

Shu bilan birga, mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi ortdi. Ularning umumiy qiymati 2020 yilning uch oyida 958 million dollarni tashkil etdi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 2,6 baravar koʻp. Oʻsish dinamikasi Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilmoqda.

Prezident qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturiga muvofiq, 2020 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarni oʻzlashtirish 233,2 trillion soʻm miqdorida prognoz qilinmoqda, shundan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar - 7,1 mlrd. AQSH dollari, chet el investitsiyalari va davlat kafolati ostidagi kreditlar - $ 2,7 milliard

Joriy yilda 2 mingdan ortiq ijtimoiy, infratuzilma va ishlab chiqarish obʼyektlari foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ