| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekistondan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi

Tarvuz mahsulotining eksporti boʻyicha Rossiya 1 179 tonna koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda.

Oʻzbekistondan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi

Oʻzbekistondan 2020 yilning 1 iyul holatiga koʻra, qiymati 886,4 ming AQSh dollariga teng boʻlgan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi axborot xizmati xabar qildi.

Oʻzbek gilosi 11 ta davlat bozorlariga kirib bordi

Tarvuz mahsulotining eksporti boʻyicha Rossiya 1 179 tonna koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Lekin bu koʻrsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 228 tonnaga kam.

Bundan tashqari tarvuzlar Belarus, Estoniya, Moʻgʻuliston, Polsha, Qozogʻiston, Tojikiston, Ukraina, Qirgʻiziston hamda Birlashgan Arab Amirliklariga ham eksport qilinmoqda.

Jumladan, Belarusga 148,1 tonna, Qirgʻizistonga 216,5 tonna, Ukraina 184,5 tonna va Qozogʻistonga 319,2 tonna tarvuz eksport qilingan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ