| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi291 marta oʻqildi

Oʻzbekistondagi yirik shakar ishlab chiqaruvchi korxonalar yopildi

“Angren-shakar” MChJ matbuot xizmati korxonaning yopilish sababini keltirgan.

Oʻzbekistondagi yirik shakar ishlab chiqaruvchi korxonalar yopildi

Oʻzbekistondagi ikkita yirik shakar ishlab chiqaruvchi zavod – «Angren shakar» MChJ va «Xorazm shakar» MChJlar joriy yilning 4 iyulidan eʼtiboran rasman ish faoliyatini toʻxtatganini eʼlon qildi.

“Angren-shakar” MChJ matbuot xizmatining bildirishicha, bunga xomashyo zaxirasining tugaganligi sabab boʻlgan.

“Xorijiy hamkorlar xom ashyo yetkazib berishni toʻxtatdi, boisi shakar zavodlarimizning bankrotlik yoqasiga kelib qolganidir. Chunki ikki korxona omborlari tayyor mahsulot bilan toʻlib boʻldi. Mahalliy shakar ishlab chiqaruvchilarimiz bozordagi raqobatga bardosh bera olmayapti. Bozorlarni import shakar egallab boʻldi”, dedi u.

Qayd etilishicha, joriy yilda import shakarga oʻrnatilgan bojxona boji va aksiz soligʻi bekor qilinishi natijasida mahalliy bozor nisbatan arzon narxdagi Rossiya shakari bilan toʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, ushbu korxonalarda 2 ming nafardan ziyod xodim mehnat qilayotgan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ