| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi815 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda sotuvga chiqariladigan Volkswagen Caddy avtomobillari narxi eʼlon qilindi

Avtomobil uch xil koʻrinish va komplektatsiyada taklif etiladi.

Oʻzbekistonda sotuvga chiqariladigan Volkswagen Caddy avtomobillari narxi eʼlon qilindi

Toshkentda 27 iyul kuni Volkswagen Caddy avtomobillari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Avtomobil uch xil koʻrinish va komplektatsiyada taklif etiladi:

  • Cargo (yuk tashuvchi versiyasi) — 172,1 million soʻm;

  • Kombi (aralash versiya) — 190 million soʻm;

  • Trendline (yoʻlovchi tashuvchi versiyasi) — 221,9 million soʻm.

Avtomobillar 27 iyul kuni sotuvga chiqariladi. Hozircha avtomobillarni faqat Toshkentda sotib olish mumkin. Kompaniya vakillari Toshkent, Jizzax va Qoʻqonda uchta dilerlik markazi ochilishini maʼlum qildi.

Volkswagen Caddyʼning ayrim texnik xususiyatlari:

Volkswagen Caddy avtomobili 1980 yildan boshlab ishlab chiqarila boshlangan. Oʻtgan vaqt ichida avtomobil bir necha bor modifikatsiya qilingan, 2020 yil 20 fevralida esa uning beshinchi avlodi taqdim etilgan edi.

Hozircha Oʻzbekistonda 2015 yili ishlab chiqilgan toʻrtinchi avlod avtomobillari sotiladi. 2021 yildan boshlab Jizzaxda beshinchi avlod avtomobillarini ishlab chiqarish va sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ