Oʻzbekistonda oʻtgan yilga 101,6 % koʻp kartoshka yetishtirildi
Joriy yilning 9 oyida eng koʻp kartoshka Samarqand viloyatida yetishtirilgan. Oʻtgan yilga nisbatan fermer xoʻjaliklarida 4,2 %, dehqon xoʻjaliklarida 1,0 % oʻsish kuzatilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020 yilning yanvar - sentyabr oylarida 2 432,7 ming tonna kartoshka yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 101,6 %ni tashkil qildi.
Joriy davrda yetishtirilgan kartoshka hajmini boshqa toifadagi xoʻjaliklar bilan taqqoslaganda yuqori koʻrsatkichlar 2 096,1 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmining 86,2 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi.
Ishlab chiqarish hajmi boʻyicha oʻtgan yilga nisbatan fermer xoʻjaliklarida 4,2 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida 1,0 % hamda qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 34,8 % oʻsish qayd etildi.
Kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmining eng yuqori ulushiga ega hududlar:
Samarqand viloyati - 21,1 %
Surxondaryo viloyati - 11,8 %
Toshkent viloyati - 10,9 %
Fargʻona viloyati - 9,9 %
Andijon viloyati - 9,4 %
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

