| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi102 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda mart oyi uchun "Palov indeksi" maʼlum qilindi

Davlat statistika qoʻmitasi respublika boʻyicha umumiy ovqatlanish muassasalaridagi palov narxlarini eʼlon qildi. Unga koʻra eng qimmat palov Samarqand viloyatida ekan.

Oʻzbekistonda mart oyi uchun "Palov indeksi" maʼlum qilindi

Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatdagi eng qimmat palov Samarqand viloyatida boʻlib, uning bir kilogrammi 116 669 soʻmni tashkil qiladi.

Qoʻmita tomonidan tayyorlangan 2020 yilning mart oyi uchun viloyat markaziy hududlari kesimida tayyor palovning oʻrtacha narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotga koʻra, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrida palovning bir kilogrammi 112 000 soʻm turadi.

Mart oyi uchun eʼlon qilingan "Palov indeksi"ga koʻra, eng arzon palov Namangan viloyatida boʻlib, uning bir kilogrammi 80 997 soʻm turadi. Surxondaryo viloyatida esa bir kilogramm palov narxi 82 600 soʻmni tashkil qilsa, Qoraqalpogʻistonda 85 169 soʻmni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, Statistika qoʻmitasi maʼlumotlari shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalaridagi, osh markazlaridagi palovning oʻrtacha narxlari hisobga olingan boʻlib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ