| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes5 daqiqada oʻqiladi62 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda ishbilarmonlik faolligi asta-sekin tiklanmoqda

Iqtisodiyotda ishbilarmonlik faolligi oʻtgan oydagi kabi tiklanishda davom etmoqda. Shu bilan birga, Ishbilarmonlik faolligi indeksining qiymati oʻtgan yilning shu oyiga nisbatan past darajada qolmoqda.

Oʻzbekistonda ishbilarmonlik faolligi asta-sekin tiklanmoqda

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil iyun oyida quyidagilarni tashkil etdi:

  • 2020 yil may oyiga nisbatan – 1068 birlikni (oʻsish – 6,8%);

  • 2019 yilning iyun oyiga nisbatan – 940 birlikni (pasayish – 6,0%).

Joriy yilning iyun oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan oyga nisbatan moʻtadil darajada oshdi. Iqtisodiyotda Ishbilarmonlik faolligi oʻtgan oydagi kabi oʻsishni davom ettirmoqda. Shu bilan birga IFI koʻrsatkichi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan past darajada qolmoqda.

1-rasm. 2020 yilning iyun oyida IFI oʻtgan oyga nisbatan 6,8 foizga oshgan

Komponentlar darajasida oʻzgarishlar boʻlgan.

2020 yilning iyun oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan oyga nisbatan 6,8 foizga moʻtadil ravishda oʻsib, 1068 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:

  • xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 0,4 foizga oshgan;

  • faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar boʻyicha komponent 0,8 foizga oshgan;

  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 5,8 foizga kamaygan;

  • tovar belgilari boʻyicha komponent 3,9 barobarga oshgan.

Hududlar kesimida Qoraqalpogʻiston Respublikasida eng yuqori koʻrsatkich qayd etilgan.

2020 yil iyun oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi respublikaning 9 ta hududida oʻtgan oyga nisbatan oʻsish kuzatilgan. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi (37,1%), Navoiy (35,0%), Toshkent (35,3%) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (16,4%) sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan (2-rasm).

Shuningdek, Surxondaryo (16,8%), Xorazm (11,1%), Jizzax (9,6%), Qashqadaryo (9,0%) va Andijon (5,6%) viloyatlarida oʻtgan oyga nisbatan pasayish kuzatilgan.

2-rasm. 2020 yil iyun oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi

BANK HISOB VARAQALARI BOʻYIChA OPERATsIYaLAR

2020 yil iyun oyida banklararo toʻlov operatsiyalari soni 4 071,7 mingtani tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 15,9 ming tranzaksiyaga (0,4%) koʻpaygan. Shuningdek, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 26,6 foizga kamayish kuzatilmoqda. Bu esa oʻz navbatida koronavirus pandemiyasi hozirgi kunda ham tadbirkorlarning ishbilarmonlik faolligiga salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.

Hududlar kesimida Toshkent shahrida banklararo toʻlov operatsiyalari soni boʻyicha yuqori koʻrsatkich qayd etildi.

2020 yil iyunda Toshkent shahri (+9,7%), Sirdaryo (+5,1%) va Samarqand (+2,6%) viloyatlaridan tashqari barcha hududlarda yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan pasaygan. Sezilarli darajadagi pasayish Jizzax (- 20,3%), Navoiy (- 15,1%), Surxondaryo (- 13,7%) va Xorazm (- 13,4%) viloyatlarida kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2020 yilning iyun oyida IFIning birja komponenti 0,942 birlikni tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 5,8 foizga pasaydi. Ushbu komponentning pasayishi har bir bitim boʻyicha sotib olingan tovarlar oʻrtacha jismoniy hajmining 21,7 foizga pasayganligi bilan bogʻliq.

Iyun oyi natijalariga koʻra Respublika tovar-xom ashyo birjasida 26 525 ta bitim imzolangan boʻlib, may oyiga (24 082) nisbatan 2 443 ta bitmga (10,1 foizga) koʻpaygan. Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020 yil iyun oyida 4 591,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 37,8 foizga oshgan.

XOʻJALIK YuRITUVChI SUBʼEKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent 2020 yil iyun oyida 1,0081 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 0,8 foizga oshgan.

2020 yil iyun oyida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar soni oʻtgan oyga nisbatan 8 154 taga koʻpayib, 472 454 tani (2020 yilning may oyida 464 300 ta) tashkil etdi.

Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilar soni 53 taga kamaygan.

Hisobot davrida kichik korxonalar soni 370 358 tagacha yetib, oʻtgan oyga nisbatan 7 775 taga oshgan. Fermer xoʻjaliklari soni 98 655 tadan 99 087 tagacha (432 taga) koʻpaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan subʼyektlar soni 3 009 tani tashkil etib, 2020 yil may oyiga nisbatan 53 taga kamaygan.

BRENDLARNI ROʻYXATGA OLISh

2020 yil iyun oyida savdo belgilari muhofazasi boʻyicha biznes faolligi indeksi 3,9286 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 3,9 barobarga oshgan. Joriy yilning iyun oyida yuridik shaxslar tomonidan 165 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.

Hududlarda IFI komponentlarining oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent

Xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent

Tovar belgilari boʻyicha komponent

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

↑1371

↓0,9889

↑2,0000

↑1,0212

↓0,0000

Navoiy viloyati

↑1350

↓0,8492

↑2,0000

↑1,0105

↑1,0000

Toshkent viloyati

↑1339

↓0,9724

↓0,9623

↑1,0151

↑13,0000

Toshkent shahri

↑1164

↑1,0969

↑1,1130

↑1,0007

↑3,8387

Sirdaryo viloyati

↑1126

↑1,0507

↑1,2721

↓0,9993

↑1,0000

Samarqand viloyati

↑1114

↑1,0256

↑1,0230

↑1,0262

↑4,0000

Namangan viloyati

↑1059

↓0,9348

↑1,1194

↑1,0187

↑2,0000

Buxoro viloyati

↑1056

↓0,9343

↓0,8146

↑1,0125

↑6,0000

Fargʻona viloyati

↑1014

↓0,9797

↑1,0470

↑1,0111

↑1,0000

Andijon viloyati

↓944

↓0,9036

↓0,8994

↑1,0141

↑1,5000

Qashqadaryo viloyati

↓910

↓0,9249

↓0,9133

↑1,0057

↓0,0000

Jizzax viloyati

↓904

↓0,7971

↓0,9665

↑1,0163

↓0,5000

Xorazm viloyati

↓889

↓0,8659

↓0,9151

↑1,0007

↓0,0000

Surxondaryo viloyati

↓832

↓0,8634

↓0,7123

↓0,9777

↑1,0000

Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan oʻzgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent

Xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent

Tovar belgilari boʻyicha komponent

Toshkent shahri

↑1397

↓0,9397

↑1,9249

↑1,1730

↑1,3523

Navoiy viloyati

↑1375

↓0,6463

↑2,0000

↑1,4494

↑1,0000

Toshkent viloyati

↑1339

↓0,6766

↑2,0000

↑1,1750

↑1,4444

Sirdaryo viloyati

↑1334

↓0,6558

↑2,0000

↑1,2463

↑1,0000

Xorazm viloyati

↑1307

↓0,6919

↑2,0000

↑1,2053

↓0,0000

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

↑1286

↓0,6568

↑2,0000

↑1,1639

↓0,0000

Namangan viloyati

↑1231

↓0,7000

↑1,7695

↑1,2185

↓0,3333

Jizzax viloyati

↑1226

↓0,6921

↑1,6223

↑1,3837

↑1,0000

Buxoro viloyati

↑1144

↓0,6460

↑1,1624

↑1,2428

↑6,0000

Surxondaryo viloyati

↑1126

↓0,7191

↑1,3583

↑1,3688

↑1,0000

Samarqand viloyati

↑1103

↓0,6299

↑1,1605

↑1,3540

↑4,0000

Fargʻona viloyati

↑1024

↓0,6748

↑1,2702

↑1,2030

↓0,5000

Andijon viloyati

↑1005

↓0,7423

↑1,0345

↑1,0966

↑3,0000

Qashqadaryo viloyati

↓936

↓0,6866

↑1,1162

↑1,1316

↓0,0000

Ruslan Abdullayev,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ