| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi113 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda birinchi ochiq keys-chempionati boshlanmoqda

Musobaqada ishtirok etish bepul, shuningdek uchun yosh va taʼlim darajasi boʻyicha hech qanday cheklovlar qoʻyilmagan.

Oʻzbekistonda birinchi ochiq keys-chempionati boshlanmoqda

Oʻzbekistonda Birinchi ochiq keys-chempionat oʻtkaziladi. Musobaqada ishtirok etish uchun yosh va taʼlim darajasi boʻyicha hech qanday cheklovlar yoʻq.

Shuningdek, tajriba va kasbiy malaka talabisiz ham chempionat ishtirokchisi boʻlish mumkin. Eng muhimi — bepul!

Ishtirokchilar oʻz bilim va koʻnikmalarini namoyon etgan holda, muammolarga yechim topib, milliy chempionatda gʻolib chiqishlari va mamlakatni xalqaro miqyosda himoya qilishlari mumkin. Arizalar http://qabul.bfa.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

Nomzodlar jamoada samarali ishlash, notiqlik, taqdimot koʻnikmalari, tahlil qilish va sintez qilish, innovatsion yechimlarni topish qobiliyatlarini namoyish etishlari kerak.

Chempionat gʻoliblariga Bank-moliya akademiyasida bakalavr bosqichida 3-kursdan yoki 12 oylik magistratura dasturida oʻqishni davom ettirish taklifi beriladi. Agarda muammolar yechimini topishda tajribangiz yetarli boʻlsa, oʻqishni davom ettirish va boshqa davlat diplomini olishni istamasangiz, sizga BMA maxsus kurslari va Akademiya tadbirlariga kirish huquqini beradigan gʻoliblik sertifikati beriladi.

Bu yildan BMAda bank ishi va moliya yoʻnalishi boʻyicha bakalavr va biznes boshqaruvi magistri (VVA va MVA) darajasini beruvchi yangi mutaxassisliklar ochilmoqda. Taʼlim eng yaxshi jahon biznes maktablarining materiallaridan foydalangan holda uch tilda olib boriladi. Magistrlar 12 oyda oʻqishni tugatadilar va iqtisodiy samara beradigan real biznes loyihalarini himoya qiladilar.

Mutaxassislik boʻyicha yana bir yangi diplom — moliya va moliyaviy texnologiyalar IT va moliya sohasida oʻqitiladigan mutaxassislarga beriladi, ular kelajakda dasturiy mahsulotlar mualliflari, mobil ilovalar, startaplarning asoschilari — Oʻzbekistondagi birinchi IT-millionerlardir.

«Davlat granti, korxonalar granti va kontrakt boʻyicha 600ga yaqin talabalarni bakalavr va magistr darajalarga oʻqitish rejalashtirilmoqda», — deydi bu borada akademiya prorektori v.v.b., iqtisod fanlari doktori Zafar Berdinazarov.

Tanlov toʻliq masofaviy oʻtkazilib, pandemiya davrida talabalarning sogʻligiga hech qanday havf tugʻdirmaydi.

Yangiliklarni https://t.me/bfauz orqali kuzatib boring

Savol va murojaatlar uchun: @BFA_uz_bot

Sharhlar va suhbat uchun: https://t.me/BFA_General

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ