| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi281 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda benzindan keyin dizel yoqilgʻisi narxida ham "qulash" kuzatildi

3 apreldan boshlab dizel yonilgʻisi narxi 300 soʻmga arzonlashtirilgan holda sotuvga chiqariladi. “Oʻzbekneftgaz” AJ narxlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borishda davom etishini bildirmoqda.

Oʻzbekistonda benzindan keyin dizel yoqilgʻisi narxida ham "qulash" kuzatildi

2020 yilning 1 mart kunidan boshlab “Oʻzbekneftgaz” AJning “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻida dizel yonilgʻisining narxi 200 soʻmga kamaytirilgan edi.

Oʻzbekistonda benzin narxi tushdi

"3 aprel kunidan eʼtiboran, dizelyonilgʻisi narxi 300 soʻmga arzonlashtirilgan holda sotuvga chiqariladi. Guvohi boʻlayotganingizdek, dizel yonilgʻisining narxi bir oy vaqt davomida 500 soʻmga pasaydi", deyiladi "Oʻzbekneftgaz" AJ matbuot xizmati xabarida.

“Oʻzbekneftgaz” yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻi orqali sotiladigan dizel yoqilgʻisining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotilayotgan dizel yoqilgʻisi narxidan 11,5% arzonligi taʼkidlanmoqda.

"Biz doimiy ravishda aholiga sotilayotgan mahsulot tannarxini muntazam oʻrganamiz va tahlil qilamiz", deydi “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli “UNG Petro” direktori Mirzohid Musayev.

Oʻzbekiston tarixida ilk marta “Yevro – 4” va “Yevro – 5” dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarildi

“Oʻzbekneftgaz” AJ narxlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borishda davom etishini bildirgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ