| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi136 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda aprel oyida inflyasiya 1,7 foizni tashkil qildi

2020 yilning dastlabki toʻrt oyi davomida oziq-ovqat mahsulolari narxlari darajasi 7,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,4 foiz va xizmatlar 1,8 foizga oshdi.

Oʻzbekistonda aprel oyida inflyasiya 1,7 foizni tashkil qildi

Oʻzbekistonda 2020 yil aprel oyida isteʼmol narxlari va tariflarning oy dvomida oʻrtacha oʻsish surʼati 1,7 foizni tashkil etdi.

Ekspert Baxtishod Hamidovning inflyasiya haqida oʻziga xos fikri

Davlat statistika qoʻmitasining maʼlum qilishicha, 2020 yilning yanvar—aprel oylarida davomida isteʼmol bozoridagi narxlar va tariflar oʻrtacha 4,5 foizga koʻtarilgan. Yillik davrda esa (2019 yilning apreliga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining oʻrtacha oʻsish surʼati 14,5 foizni tashkil etgan.

Yirik guruhlar kesimidagi narxlarning oʻzgarishiga koʻra, narxlar vat ariflarning oshishi boʻyicha yetakchilik oʻtgan oylardagi kabi oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli boʻldi. Aprel oyida narxlar 3,3 foizga koʻtarilib, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,7 foizga, xizmatlar esa 0,3 foizga oshgan.

Umumiy hisobda, 2020 yilning dastlabki toʻrt oyi davomida oziq-ovqat mahsulolari narxlari darajasi 7,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,4 foiz va xizmatlar 1,8 foizga oshdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ