Oʻzbekistonda 7 oy davomida qaysi avtomobil koʻp ishlab chiqarilgani maʼlum qilindi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yilning yanvar-iyul oylarida eng koʻp Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekistonda 7 oyda jami 44 901 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 149,7 % oʻsish surʼatiga ega boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, iyul oyida 7219 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, bu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 338 taga kam.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yilning yanvar-iyul oylarida 44 901 dona Cobalt (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 149,7 %), 41 663 dona Nexia T-250 (96,6 %), 30 368 dona Lacetti-Gentra (124,5 %), 30 889 dona Damas (111,7 %), 16 370 dona Spark (138,9 %) hamda 4 520 dona Labo (101,9 %) avtomobillari ishlab chiqarildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

