Oʻzbekiston yil oxirigacha «GSP+» benefitsiar maqomini olishi mumkin
Joriy yilning oxirigacha Yevropa Ittifoqi tegishli soʻrovni yoʻnaltirish hamda keyinchalikda «GSP+» tizimining benefitsiar maqomini olishi boʻyicha Oʻzbekiston tomoniga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Savdo boʻyicha Yevropa Ittifoqining komissari F.Xogan ishtirokida videokonferensiya boʻlib oʻtdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Bryusselda taqdimot oʻtkazdi
Unda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari, shuningdek, Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) kirish jarayonlarida yevropa tomonining Oʻzbekistonga yordam berishi, Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (KShHB) loyihasini ishlab chiqish hamda Umumlashtirilgan imtiyozlar tizimiga (GSP+) kirish boʻyicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Komissar tomonidan Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi barqaror dinamika va qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishda erishilgan yutuqlar, xususan - KShHB loyihasini kelishib olish jarayonlari qayd etildi. Mazkur yoʻnalishda Bitim loyihasini tasdiqlashni tezlashtirish va xalqaro standartlarga uygʻunlashtirish maqsadida zarur boʻlganda milliy qonunchilikni moslashtirish uchun harakatlar birlashtiriladi. Bitim loyihasini joriy yil oxirigacha kelishishni yakunlash tomonlarning maqsadi deb belgilandi.

Oʻzbekiston tomoni oʻz navbatida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni, shu jumladan, «GSP+» doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida ahamiyat berilayotganini taʼkidladi. Respublikaning «GSP+»ga qoʻshilishi Yevropa Ittifoqi bilan tashqi savdo aylanmasi diversifikatsiyasi va barqaror oʻsishi uchun mustahkam asos yaratadi.
Tomonlar Oʻzbekistonning «GSP+» benefitsiar maqomini olish doirasida imzolangan zarur protseduralarni yakunlash boʻyicha qoʻshma harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar. Joriy yilning oxirigacha Yevropa Ittifoqi tegishli soʻrovni yoʻnaltirish hamda keyinchalikda «GSP+» tizimining benefitsiar maqomini olishi boʻyicha Oʻzbekiston tomoniga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, F.Xogan yevropa tomoni Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayonida har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi – hozirgi epidemiologik vaziyatga qaramay, ishlab chiqilayotgan tashabbuslarni jadal ilgari surish zarurligi toʻgʻrisida umumiy tushunchaga erishildi. Xususan, yaqin kelajakda Oʻzbekistonning JSTga kirish boʻyicha Ishchi guruhining 4-sessiyasini videokonferensiya orqali tashkil etishga kelishib olindi.
Umuman olganda, oʻtkazilgan muzokaralar yakuni boʻyicha F.Xogan Yevropa tomoni savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnik va investitsion hamkorlikning barcha sohalarida Oʻzbekiston tomoni bilan oʻzaro munosabatlarni yanada mustahkamlash tarafdori ekanligini taʼkidladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

