Oʻzbekiston Turkiya bilan 39 ta bitim imzoladi
Fargʻona viloyati delegatsiyasi Turkiya Respublikasiga amaliy tashrif bilan bordi. Tashrif chogʻida Bursa Ulugʻdagʻ universitetining Margʻilon shahrida filialini ochish, “Fargʻona-Istanbul”, “Fargʻona-Antaliya» va boshqa yoʻnalishlarda aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Fargʻona viloyati delegatsiyasining Turkiya Respublikasiga qilgan amaliy safari yakunlari boʻyicha qiymati 71,5 million dollarlik investitsiyaviy hamda 170,1 million dollarlik eksport kelishuvlarga erishildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, eksport hajmini oshirish, investitsion hamkorlikni rivojlantirish, hududlar oʻrtasidagi tovar aylanmasini kelgusida ikki baravarga koʻpaytirish, Fargʻona viloyati hamda Bursa viloyatlari oʻrtasida birodarlik aloqalarini oʻrnatish borasida muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvlar chogʻida muhokama etilgan masalalar yuzasidan samarali kelishuvlarga erishildi. Xususan, Bursa Ulugʻdagʻ universitetining Margʻilon shahrida filialini ochish, «TI-NA Global» kompaniyasi bilan oliy navli va elita urugʻlarini yetishtirish, «IN-CO & NRG», «Yeshil Chizgi» firmalari bilan arzon va sifatli turar va noturar bino hamda inshootlarni qurish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olindi.
Bundan tashqari, Turkiyaning “Manas” kompaniyasi bilan Fargʻona viloyati hamda Turkiya shaharlari, xususan, “Fargʻona-Istanbul”, “Fargʻona-Antaliya» va boshqa yoʻnalishlarda aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borildi.
Turkiya xamkorlik va rivojlanish agentligi rahbari Serkan Qayalar bilan uchrashuvda Fargʻona viloyatida ijtimoiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, fermer xoʻjaliklari rahbarlarining qishloq xoʻjaligi sohasidagi malakalarini oshiradigan taʼlim markazini tashkil etish, bogʻdorchilik va sabzavotchilik fermer xoʻjaliklari rahbarlari malakasini Turkiyada oshirishlarini tashkil etish, hunarmandchilikni rivojlantirish kabi masalalarda muzokaralar oʻtkazildi. Xususan, Rishton tumanidagi tarixiy obidalarni taʼmirlashda Turkiya hamkorlik va rivojlanish agentligining ishtirok etish masalalari hal etildi.
Istanbul shahridagi tadbirkor Husameddin Sabri bilan boʻlgan uchrashuv ham sermazmun tarzda kechdi. Turk tadbirkori bilan olib borilgan muzokaralardan keyin Fargʻona viloyatiga 2 million dollar hajmidagi investitsiya kiritish orqali un va un mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish loyihasini amalga oshirish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy kelishuvlar sohasida Oʻzbekiston tumanidagi «Shoʻrsuv sement» MChJ bilan Turkiyaning «Balci Nurtidin» kompaniyasi oʻrtasida innovatsion usulda qurilish materiallarini ishlab chiqish boʻyicha 50 million dollarlik investitsion hamda Qoʻqon shahridagi «Indorama Kokand Textile» AJ QK bilan Turkiyaning «Kaviltex Teknik Tekstil Danismanlik San Ltd.STI» bilan paxta tolasi va gazlama mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha qiymati 22 million dollarlik eksport kelishuvlari kabi 39 ta bitim imzolandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

