Oʻzbekiston tarixida ilk marta “Yevro – 4” va “Yevro – 5” dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarildi
“Yevro – 4” va “Yevro – 5” yoqilgʻisi dvigatel ishlash jarayonini yaxshilash, yemirilishni kamaytirish, zararli chiqindi gazlar miqdorini keskin kamaytirish va silindrlar ishlash davrini uzaytirish kabi afzalliklarga ega.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodining bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishi natijasida Oʻzbekiston tarixida ilk marta “Yevro – 4” va “Yevro – 5” sifatli dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarildi.
Shu kunga qadar zavodda ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari (avtobenzin va dizel) “Yevro – 2” standarti talablariga mos kelgan. Korxonada katalizator va seolit almashtirilgach, yangi sifat darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni yaratildi.
Fransiyaning “Axens” kompaniyasi mutaxassislari karantin sababli gazoyl gidrotozalash qurilmasi katalizatorini almashtirishda ishtirok eta olmadi. Zavod va kompaniya mutaxassislari onlayn aloqada boʻlib, “Axens” kompaniyasi sxemasi asosida reaktorga yangi katalitik tizim oʻrnatishdi.
Natijada 2020 yilning 30 mart kuni “Yevro – 4” va “Yevro – 5” sinfidagi ekologik toza dizel yoqilgʻisini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Laboratoriya tahlillariga koʻra, olingan dizel yoqilgʻisida oltingugurt birikmalari miqdori 3 ppm boʻlib, bu koʻrsatgich “Yevro – 5” sinfiga mos dizel yoqilgʻisiga toʻgʻri keladi (10 ppm dan koʻp emas). Mazkur qurilma mavjud texnologik sxemada yiliga 100 ming tonnagacha yangi standartdagi dizel yoqilgʻisini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
“Yevro – 4” va “Yevro – 5” yoqilgʻisi dvigatel ishlash jarayonini yaxshilash, yemirilishni kamaytirish, zararli chiqindi gazlar miqdorini keskin kamaytirish va silindrlar ishlash davrini uzaytirish kabi afzalliklarga ega.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

