Oʻzbekiston-Rossiya investitsiya hamkorligini rivojlantirish istiqbollariga yangicha qarash
Tomonlar Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklikning yuqori darajasini taʼkidladilar va turli darajadagi ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish orqali iqtisodiy va investitsiya hamkorligini yanada rivojlantirishga sodiq ekanliklarini bildirdilar.

Toshkent shahrida Xalqaro biznes-markazi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Rossiya tadbirkorlari va davlat tuzilmalari vakillaridan iborat biznes missiyasining rahbari sifatida Oʻzbekistonda boʻlib turgan “VEB.RF” Davlat taraqqiyoti korporatsiyasi raisi Igor Shuvalov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot uchun: “VEB.RF” koʻmagi bilan bugungi kunda Oʻzbekistonda energetika, metallurgiya, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi va transport sohalarida umumiy qiymati 3,5 mlrd yevroni tashkil etadigan 24 ta loyiha amalga oshirilmoqda va ishlab chiqilmoqda.
“VEB.RF” rahbariyati ikki mamlakat iqtisodiy hamkorligining koʻp qirrali xususiyati va ishbilarmonlarning sherikligini mustahkamlash, ilgʻor sanoat texnologiyalarini joriy etish va barqaror kooperatsion aloqalarini oʻrnatish uchun keng imkoniyatlarni taʼkidladi.
Uchrashuv davomida investitsiya hamkorligini kengaytirishga va pandemiya sharoitida ikki mamlakat iqtisodiyotlarining birgalikda ishlash nuqtalarini aniqlashga qaratilgan muloqotni rivojlantirishga oʻzaro tayyorlik, shuningdek, yoqilgʻi-energetika, togʻ-kon, farmatsevtika, mashinasozlik tarmoqlarida, shahar infratuzilmasi, turizm, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va transportni rivojlantirish sohalarida yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va kelishish boʻyicha oʻzaro hamkorlikning masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuvdan soʻng “Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining asosiy yoʻnalishlari va qoʻshma loyihalari" mavzusida Oʻzbekiston-Rossiya davra suhbati boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar ishlab chiqilayotgan qoʻshma investitsiyaviy loyihalarni, ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va biznes hamkorligini oshirish istiqbollarini muhokama qildi. Davra suhbatida Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi, “VEB.RF” Davlat taraqqiyot korporatsiyasi, “Rossiya eksport markazi" AJ, “BMB NRC AGROLOGISTICS”, “Siloviye mashini”, “Rostex”, “Kamaz”, “Transmashxolding”, “MetProm”, “Uralmashzavod”, “Gazprombank” kabi Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbariyati va Oʻzbekiston tomonidan - vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari rahbarlari va biznes vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatida Rossiya va Oʻzbekiston kompaniyalari oʻrtasida investitsiyalar, texnologiyalar va sanoat kooperatsiyasi sohalaridagi hamkorlikning yuqori rivojlanish dinamikasi va koʻlami taʼkidlandi, xususan, “Siloviye mashini” AJ ayni paytda Sirdaryo va Farhod gidroelektrostansiyalari elektr bloklarini modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirmoqda va “Rostex” Davlat korporatsiyasi bilan birgalikda Oʻzbekistonda mashhur “KAMAZ” yuk tashish avtomobillarini yigʻish oʻzlashtirildi.
Davra suhbati davomida, shuningdek Rossiya biznes hamjamiyati vakillari oʻz kompaniyalarining texnologik va investitsiyaviy salohiyati haqidagi maʼlumotlarni taqdim etib, Oʻzbekistonda faoliyatni rivojlantirish istiqbollari haqidagi tasavvurlari bilan oʻrtoqlashdilar.
Energetika, qishloq xoʻjaligi logistikasi, metallurgiya, transport va taʼlim sohalarida aniq loyihaviy takliflarni ishlab chiqishda hamkorlikni yanada kuchaytirish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi. Eng ustuvor tarmoqlar va sohalarda aniq kelishuvlarga erishishga qaratilgan amaliy harakatlar sheriklar tomonidan kelishib olindi.
Davra suhbati yakunida “VEB.RF” Davlat taraqqiyot korporatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ oʻrtasida Rossiya Bankining moliyaviy xabarlar uzatish tizimida elektron xabarlar bilan almashish shartlari toʻgʻrisida Bitim, hamda “VEB.RF” Davlat taraqqiyot korporatsiyasi va “KAMAZ ASIA LEASING” MCHJ QK oʻrtasida “KAMAZ” markali avtomobil va maxsus texnika sotib olishni moliyalashtirish uchun kredit shartnomasi kredit shartnomasi imzolandi.
Maʼlumot uchun: “VEB.RF” Davlat taraqqiyot korporatsiyasi 1922 yilda tashkil etilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish, modernizatsiya va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashadigan, 51 mlrd dollar aktivlarga ega boʻlgan Rossiyaning eng yirik rivojlanish instituti hisoblanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

