Oʻzbekiston Rigaga 18 tonna qovun eksport qildi
Oʻzbekiston qovunlarining keyingi partiyasi Latviya, Germaniya va Belarusiyaga eksport qilinadi.

Joriy yilning 23 iyun kuni Sirdaryoning Mirzaobod tumanidan, Latviyaning "LB" LLC korxonasiga yuk ortilgan katta fura joʻnab ketdi. Bu haqda Eksportchilar uyushmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Yuk mashinasiga ortilgan 18 tonna qovunlar, “Red Pak” eksport korxonasi tomonidan tayyorlangan boʻlib, mahsulot viloyat hududida yetishtirilgan.
Mazkur korxona bugungacha Yevropa davlatlariga qovun va qovun maxsulotlari “ROMAS” brendi ostida eksport qilib kelmoqda. Ayni paytda korxona Mirzaobod tumanidagi 4 gektarlik yerni 0 qiymatda olib, 5 mlrddan oshiq investitsiya kiritdi va 2400 kv metrlik xolodilnik+muzlatgich qurishni boshladi.
Bugun uning 1400 kv metrli sovutgichi tayyor. Rigaga joʻnagan qovunlar ham aynan ushbu sovutgichda texnologik sxema asosida qayta ishlab, qadoqlangan. Korxona Latviya, Germaniya va Belarusiyaga eksport qilish uchun qovunlarning keyingi partiyasini tayyorlamoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

