Oʻzbekiston Qirgʻizistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordamini yubordi
Xalqaro tashkilotlardan ham Qirgʻizistonga qiymati 9 million soʻmlik shaxsiy himoya vositalari, dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun materiallar yetkazib bergan.

Oʻzbekiston Qirgʻizistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordami ajratdi. Bu haqda “Kabar” axborot agentligi Qirgʻiziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Zamirbek Askarovga tayanib maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Pokistonga insonparvarlik yordami yubordi
Xabarga koʻra, Oʻzbekiston Qirgʻizistonga insonparvarlik yordami sifatida qiymati 560 ming dollarlik 2 ming tonna un, 9,5 ming dona kombinezon, 12 ming dona niqob, 25 ming dona qoʻlqop, 500 dona himoya koʻzoynagi, 200 dona pirometr, 45 tonna xlor yetkazib bergan.
Shuningdek, xalqaro tashkilotlardan ham Qirgʻizistonga qiymati 9 million soʻmlik shaxsiy himoya vositalari, dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun materiallar yetkazib berildi, degan vazir boʻlib oʻtgan brifingda.
Mazkur yordam hududlar va sogʻliqni saqlash tashkilotlariga taqsimlangan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

