| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi264 marta oʻqildi

Oʻzbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan 100 million dollar kredit oladi

Ushbu mablagʻ Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish va jihozlash uchun sarflanadi.

Oʻzbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan 100 million dollar kredit oladi

Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish va jihozlash uchun 100 million dollar kredit oladi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

13 iyul kuni Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov videokonferensaloqa orqali Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Masatsugu Asakava bilan muzokaralar oʻtkazdi. OTB Prezidenti Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish va jihozlash uchun 100 mln dollar miqdorida yangi kreditni maʼqullash boʻyicha tayyorgarlik ishlari yakunlanayotganigini maʼlum qildi.

Kredit joriy yilning avgust oyi boshida maʼqullanishi kutilmoqda.

Shuningdek, ushbu loyihani amalga oshirish uchun birgalikda moliyalashtirish asosida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining 100 mln dollarlik mablagʻlari jalb etilishi maʼlum qilindi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ