Oʻzbekiston oʻriklari 9 ta xorijiy mamlakatga eksport qilinmoqda
Joriy yil 1 aprel holatiga koʻra, Birlashgan Arab Amirliklariga oʻrik eksporti qariyb 6 barobarga oshirildi.

Ayni kunlarda yurtimizning turli hududlarida yetilib pishgan mevalar xorijiy mamlakatlarning savdo rastalaridan oʻrin olmoqda. Davlat statistika qoʻmitasi statistik koʻrsatkichlar asosida oʻrik mevasining qaysi xorijiy mamlakatlarda eksport qilinayotgani toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Davlat statistika qoʻmitasining 2020 yil 1 iyun holatiga koʻra, eksport qilingan oʻrik mahsuloti boʻyicha maʼlumotida jami 11,2 ming tonna 10,9 million AQSh dollariga teng boʻlgan oʻrik mevasi 9 ta xorijiy mamlakatlar bozoridan joy olgan.
Mazkur mamlakatlar orasida:
Qozogʻiston 6 ming tonna,
Rossiya 3,6 ming tonna,
Qirgʻiz Respublikasi 1,2 ming tonna
Birlashgan Arab Amirliklari 4,1 ming tonna bilan yuqori ulushga ega boʻldi.
Shuningdek, joriy yilda oʻrik mevasi Ozarbayjon, Gruziya va Turkmaniston davlatlari bozorlarida ham sotila boshlanganini koʻrish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻrik mevasining eksporti 1,3 ming tonnaga oshgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

