Oʻzbekiston oltin zaxirasiga ega davlatlar ichida nechinchi oʻrinda turibdi?
Germaniyaning dunyo qimmatbaho metallar va xom-ashyo bozoriga ixtisoslashgan Goldseiten.de internet-sahifasida mamlakatlarning oltin zaxiralari bagʻishlangan World Gold Council (Jahon oltin kengashi) hisoboti toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Jahon oltin kengashining 2020 yil 1 iyundagi hisobotiga koʻra, 335,9 tonna oltin zaxirasiga ega Oʻzbekiston dunyoda 17-oʻrinda turibdi. Bu mamlakat valyuta zaxirasining 59,1 foizini tashkil etadi, deyiladi hisobotda. Undan keyingi oʻrinda Saudiya Arabistoni (323,1 tonna, 3,4 foiz).
Hisobotda birinchi oʻrinni AQSh egallab turibdi - 8 133,5 tonna, ikkinchi oʻrinda - Germaniya (3 363,6 tonna), uchinchida esa - Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (2 814,0 tonna).
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda