| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi118 marta oʻqildi

Oʻzbekiston oltin sotish boʻyicha yetakchilikni qoʻlga kiritdi

Oʻzbekistonda oltinning eksportidagi ulushi 39,8 foizga yetdi. Bugungi kunda oltinning bozordagi narxi deyarli 62 dollarni tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston oltin sotish boʻyicha yetakchilikni qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston iyul oyida oltin sotish boʻyicha mutlaq yetakchiga aylandi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (WGC) maʼlum qildi.

Mamlakat 11,6 tonna miqdorda oltin sotdi, shu bilan oltinning respublika eksportidagi ulushi 39,8 foizga yetdi.

Ikkinchi oʻrinni Moʻgʻuliston (6,1 tonna) egalladi. Rossiya va Germaniya har biri 0,5 tonnadan eksport qilgan.

Xaridlar boʻyicha, soʻnggi oylar singari, Turkiya birinchi oʻrinni egallab kelmoqda. WGCning taxminlariga koʻra, Turkiya 19,4 tonna oltin xarid qilgan. Qatar «oltin zaxirasi» 3,1 tonnaga, Hindiston — 2,8 tonnaga, Qozogʻiston — 1,9 tonnaga, Ukraina — 0,3 tonnaga koʻpayganligi maʼlum qilindi.

Iyul oyida jahon bozorida bir gramm oltinning oʻrtacha narxi 58 dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda oltinning bozordagi narxi deyarli 62 dollarni tashkil etmoqda.

Besh yil ichida Oʻzbekistonda oltin eksporti oʻsib kelmoqda. Masalan, oltin eksporti 2015 yilda 823,9 mln dollarni, 2016 yilda 738,2 mln dollarni, 2017 yilda 1,6 mlrd dollarni, 2018 yilda esa 3,4 mlrd dollarni tashkil etdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ