| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi64 marta oʻqildi

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda ochiq maʼlumotlar portallarining eng keng qamrovli roʻyxatiga kiritilgan birinchi mamlakat boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali data.gov.uz va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy sayti stat.uz ochiq maʼlumotlar portallarining eng keng qamrovli DataPortals.org roʻyxatidan joy oldi.

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda ochiq maʼlumotlar portallarining eng keng qamrovli roʻyxatiga kiritilgan birinchi mamlakat boʻldi

DataPortals.org bu dunyodagi ochiq maʼlumotlar portallarining toʻliq roʻyxati boʻlib, u mahalliy, mintaqaviy va milliy hukumatlar, Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar va koʻplab nodavlat tashkilotlar vakillari, shu jumladan, butun dunyodagi yetakchi ochiq maʼlumotlar mutaxassislari guruhi tomonidan nazorat qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali data.gov.uz va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy sayti stat.uz DataPortals.org keng qamrovli roʻyxatiga kirish va unga mos kelishi uchun ekspertlar tomonidan toʻliq oʻrganilib, muhokama qilingan.

Hozirgi vaqtda 589 ta ochiq maʼlumotlar portallari mazkur keng qamrovli roʻyxatga kiritilgan.

Ayni kunga qadar, Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi ushbu roʻyxatga ikkita ochiq maʼlumot manbasiga ega boʻlgan yagona mamlakat sifatida kiritilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ