| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi97 marta oʻqildi

Oʻzbekiston “Lukoyl” bilan gaz sotib olish haqida muzokaralar olib bordi

Kelajakda Oʻzbekiston ham gaz narxlarini belgilashda bozor mexanizmlariga oʻtadi, ishlab chiqaruvchilar va aholi muvofiq boʻlgan narxlar qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston “Lukoyl” bilan gaz sotib olish haqida muzokaralar olib bordi

Oʻzbekiston ichki bozor ehtiyojlari uchun “Lukoyl” bilan qishda qoʻshimcha miqdorda gaz sotib olish haqida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishiga koʻra hozir Oʻzbekiston Energetika vazirligi kerak boʻlganda Oʻzbekiston ichki ehtiyojlari uchun oʻzaro manfaatli narxlarda “Lukoyl”dan gaz xarid qilish imkoniga ega boʻladi.

“Ayni damda Biz “Lukoyl” bilan Oʻzbekiston ichki ehtiyojlari uchun Rossiya kompaniyasi tomonidan qazib olinayotgan gazni oʻzaro manfaatli narxlarda xarid qilish haqida muzokaralar olib bormoqdamiz. Xarid hajmini hozirdan aytish qiyin. Bu ham qazib olish miqdori ham ichki bozordagi talabga bogʻliq boʻladi”, - dedi Oʻzbekiston energetika vaziri oʻrinbosari Bexzot Narmatov.

Maʼlum boʻlishicha, shu vaqtga qadar “Lukoyl” Oʻzbekistonda qazib olingan gazni Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga yetkazib bergan, lekin dunyoda uglevodorodlarga talab kamaygan vaqtda Oʻzbekistonda katta hajmda gaz qazib olish – kompaniya uchun qimmatlik qilgan. “Shu sababli biz “Lukoyl” bilan gaz sotib olish narxlarini kelishmoqdamiz. Qancha gaz sotib olishimiz hozircha maʼlum emas, lekin biz ichki bozorda defitsit yuzaga kelishiga yoʻq qoʻymaymiz, iqtisod uchun qancha gaz kerak boʻlsa – shuncha sotib olamiz, bu aniq”, - dedi vazir oʻrinbosari.

Narmatov aytishiga qaraganda, hozir “Oʻzbekneftegaz”, “Oʻztransgaz” va “Hududgaztaminot” kabi Oʻzbekiston neft-gaz kompaniyalari ulkan moliyaviy bosimga duch kelmoqda. Gʻarb mamlakatlarida bunday taʼminot mavjud emas.

“Masalan Germaniyada tabiiy gaz sanoat foydalanuvchilariga nisbatan aholi uchun qimmatroq. Nega deganda 1 milliard metr kub gazni 1ta sanoat foydalanuvchisiga yetkazib berish bir millionta xususiy uyga yetkazib berishdan koʻra osonroq. Shuningdek, ularda avval gaz yetkazib berish narxi va rentabellik hisoblanadi, keyin shunga qarab gazning narxi belgilanadi.

Bizda esa gaz narxini davlat belgilaydi. Aholi uchun gaz eksportga yuboriladigan gaz narxiga nisbatan 5-6 baravar arzon turadi”, - deydi amaldor.

Narmatov aytishiga koʻra, kelajakda Oʻzbekistonda ham narxlar belgilashda bozor mexanizmlariga oʻtishga, ishlab chiqaruvchilar va aholi muvofiq boʻlgan narxlar qoʻllaniladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ