| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi64 marta oʻqildi

Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha Idoralararo komissiya va muzokaralar olib borish guruhining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi

Majlis davomida JSTga aʼzo mamlakatlar bilan tovar va xizmatlarning bozorlarga chiqishi boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarga tayyorgarlikning borishi haqida maʼlumot berildi.

Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha Idoralararo komissiya va muzokaralar olib borish guruhining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi boʻyicha muzokaralar olib borish guruhining videokonferensiya shaklida qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisni komissiya raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sardor Umurzoqov olib bordi, deb xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Majlisda JSTga aʼzo mamlakatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarga tayyorgarlikning borishi koʻrib chiqildi.

Joriy yil 7 iyul kuni JSTga aʼzo 60 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etgan Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi boʻyicha Ishchi guruhining toʻrtinchi yigʻilishi muvaffaqiyatli oʻtkazilganligi qayd etildi.

Yigʻilish yakunlari boʻyicha 23 davlat vakillari va JST Bosh direktorining oʻrinbosari A.Vulf Oʻzbekistonni Tashkilotga kirishini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligi haqida bayonot bergani uning alohida ahamiyatga ega ekanidan dalolat beradi.

Ekspertlarning fikricha, Tashkilot tarixida ilk bor 15 yillik tanaffusdan soʻng muzokaralar jarayonini qayta boshlagan Ishchi guruhning birinchi yigʻilishidayoq JSTga aʼzo mamlakatlar tomonidan Oʻzbekistonning Tashkilotga kirishi boʻyicha Ishchi guruh maʼruzasining asosi hisoblangan Faktologik xulosani tayyorlash bosqichiga oʻtish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Majlis davomida JSTga aʼzo mamlakatlar bilan tovar va xizmatlarning bozorlarga chiqishi boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarga tayyorgarlikning borishi haqida maʼlumot berildi.

Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga strategik hujjatlarni oʻz vaqtida shakllantirish, vakolatli xodimlar va mutaxassislarni jalb etish, JSTga aʼzo mamlakatlarning savollariga javob berish uchun zarur maʼlumotlarni toʻplash maqsadida muzokaralarga sifatli tarzda har tomonlama tayyorgarlik koʻrish zarurligi haqida koʻrsatma berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tayyorgarlik jarayonini muvofiqlashtiradi va uning doimiy monitoringini olib boradi.

Majlis yakunida Oʻzbekistonning JSTga kirishi yuzasidan muzokaralarning keyingi bosqichiga oʻtish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi, aniq rejalar belgilab olindi va bu jarayonda ustuvor vazifalar qayd etildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ