Oʻzbekiston iqtisodiyotini yanada yuksaltirishning 8 ustuvor yoʻnalishi Bryussel press-klubida qiziqish uygʻotdi
Asosiy mavzu yevropalik jurnalistlar oʻrtasida yangi media-loyiha “Oʻzbekiston haqida eng yaxshi maqola” tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida boʻldi.

Joriy yilning 10 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov, mamlakatimizning Benilyuksdagi elchisi Dilyor Hakimov, Bryussel xalqaro press-klubi ijrochi direktori Loran Brixay va tashqi aloqalar boʻlim boshligʻi Gregor Kupper ishtirokida boʻlib oʻtgan onlayn video anjumanda Oʻzbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirishning ustuvor 8 ta asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Yigʻilishda tomonlar yevropalik jurnalistlar oʻrtasida yangi media-loyiha “Oʻzbekiston haqida eng yaxshi maqola” tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib olishdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Bryusselda taqdimot oʻtkazdi
Maʼlumot uchun: Joriy yilning 17-23 fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi (YeI) poytaxtida ishchi safari bilan boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining direktori O. Hakimov, Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyiha menejeri O. Olimjonov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori G. Ismoilovalar ishtirok etgan.
Ushbu uchrashuv avvalgi erishilgan dastlabki kelishuvlarning davomi boʻldi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi media-loyihani amalga oshirish masalasi – Oʻzbekiston haqida eng yaxshi maqola boʻyicha xalqaro press-klubning Yevropa jurnalistlari aʼzolari oʻrtasidagi tanlov boʻlib, bu orqali xalqaro OAVlarning Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishini oshiradi. Tanlovdan koʻzlangan maqsad, xalqaro maydonda Oʻzbekiston obroʻsini oshirish.

Loyiha jahon hamjamiyatiga Oʻzbekiston toʻgʻrisida ishonchli axborot, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, investorlarni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi chora-tadbirlar, integratsiya jarayonlarini rivojlantirish, inqiroz davrida biznesni qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va Oʻzbekistonning turizm sohasidagi ijobiy imidjini taqdim etishni koʻzda tutadi.
Muloqot chogʻida tomonlar 9 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish va iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarinining 8 ta asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston hukumatining aniq maqsadli va chuqur oʻylangan strategiyasi global iqtisodiy inqiroz sharoitida yalpi ichki mahsulotning yanada oʻsishini taʼminlashga imkon beradi.
Muzokaralar yakunida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbariyati Yevropa jurnalistlariga maqolalarni yozishlarida markaz tadqiqotlari va zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish orqali axborot yordamini koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Tanlovning dastlabki sanalari yaqin vaqt ichida – 2020 yil iyun-avgust oylarida aniqlanadi.
Maʼlumot uchun: Bryussel press-klubi 2010 yil Belgiya poytaxtida joylashgan xalqaro jurnalistlar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Tashkilot 1 mingdan ortiq jurnalistlarni birlashtiradi, brifinglar, anjumanlar va muhokamalar maydoni sifatida xizmat qiladi. Press-klubning aloqa bazasida Yevropa Ittifoqining rasmiy, diplomatik va ekspert- tahlil doiralarining 2 mingdan ortiq vakillari mavjud.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

