Oʻzbekiston ilk bor Polsha va Tojikistonga limon eksport qildi
Oʻzbekiston oʻtgan yilga nisbatan joriy yilda 2 500 tonna koʻp limon eksport qildi. Eng eksport Rossiya va Qozogʻistonga amalga oshirilgan.

Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida 7,2 million AQSh dollari qiymatidagi 5992 tonnadan ortiq limon eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.
Mazkur yilda 2019 yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 2500 tonna koʻp limon ekport qilingan boʻlib 72 foizga oʻsishga erishildi.
Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, limonning 45 foizi Rossiyaga va 24 foizi Qozogʻistonga eksport qilingan.
Shuningdek, joriy yilda limonning eksporti Afgʻonistonga 3,6 barobarga va Ukrainaga 3,3 barobarga ortgan.
Mazkur yildan ilk bora yurtimizdan Polsha va Tojikistonga limon eksporti yoʻlga qoʻyildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

