| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi210 marta oʻqildi

Oʻzbekiston yeryongʻoqlari ilk marta Xitoyga eksport qilindi

Xitoyga Afrika qitʼasidagi Senegal, Efiopiya, Sudan, shuningdek, Hindiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari yeryongʻoq yetkazib beruvchi asosiy mamlakatlar hisoblanadi. Endi esa Xitoyga yeryongʻoq yetkazib beradigan eksportchi davlatlar qatorida Oʻzbekiston ham joy oldi.

Oʻzbekiston yeryongʻoqlari ilk marta Xitoyga eksport qilindi

Joriy yil may oyidan «Global Export Company» masʼuliyati cheklangan jamiyati Xitoy bozoriga Oʻzbekistonda yetishtirilgan yeryongʻoqni eksport qilishni boshladi. Xitoyga 1 million AQSh dollari miqdoriga teng shartnoma doirasida mahsulot yetkazib berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Oʻzbek gilosi 11 ta davlat bozorlariga kirib bordi

Maʼlumot tariqasida aytish kerak, Xitoy Xalq Respublikasi jahondagi yeryongʻoq yetishtiradigan nafaqat yirik ishlab chiqaruvchi, balki yirik isteʼmolchi ham hisoblanadi. Masalan, 2019 yilda Xitoyning tozalangan yeryongʻoq importi hajmi 405 ming tonnani tashkil etdi. Bu 285 million AQSh dollari miqdoriga teng. Afrika qitʼasidagi Senegal, Efiopiya, Sudan, shuningdek, Hindiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari ushbu mahsulotni yetkazib bergan asosiy mamlakatlar boʻldi. Endi esa Xitoyga yeryongʻoq yetkazib beradigan eksportchi davlatlar qatorida Oʻzbekiston ham joy oldi.

Taʼkidlash joiz, 2019 yilning noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi koʻmagida Oʻzdavkarantin bilan XXR Bosh bojxona boshqarmasi oʻrtasida Xitoyga oʻzbek yeryongʻogʻi eksport qilinishiga qoʻyiladigan fitosanitar talablar toʻgʻrisidagi protokol imzolangan edi.

Oʻzbekiston oʻriklari 9 ta xorijiy mamlakatga eksport qilinmoqda

Shu oʻrinda qayd etish joiz, Pekindagi elchixonamizning faol ishtirokida Xitoyga yetkazib beriladigan mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining turlarini yanada koʻpaytirish boʻyicha majmuaviy ishlar hayotga izchil joriy etilmoqda. Bularning natijasi oʻlaroq, Xitoy bozoriga 14 turdagi mahsulotlar eksportini koʻzda tutadigan fitosanitariya talablari boʻyicha idoralararo protokollar imzolandi. Ular orasida gilos, qovun, achchiq qalampir, anor, mosh, kunjut, mayiz, quritilgan oʻrik, yongʻoq, achchiq va shirin oʻrik danagi, asal va boshqa mahsulotlar mavjud.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ