| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi167 marta oʻqildi

Oʻzbekiston bozoriga Škoda avtomobillari kirib kelmoqda

Škoda avtomobillariga buyurtma oktyabr oyida boshlanadi va shu oyning oʻzida yetkazib beriladi.

Oʻzbekiston bozoriga Škoda avtomobillari kirib kelmoqda

Jizzakh Auto (Volkswagen Uzbekistan) kompaniyasi VAG konserni lineykasidagi ikkinchi brend — Škodaʼni Oʻzbekiston bozoriga chiqarmoqda.

Oʻzbekistonda sotuvga chiqariladigan Volkswagen Caddy avtomobillari narxi eʼlon qilindi

Avvalroq zavod Volkswagen Caddy tijoriy avtomobillarini sotishni boshlagan edi. Škoda lineykasidagi birinchi avtomobil 2021 yilning yetti oʻrindiqli modeli Kodiaq krossoveri boʻladi.

Avtoulovlarga oldindan buyurtma oktyabr oyida ochiladi va yetkazib berish shu oydan boshlanadi. Toshkentda ikkita dilerlik markazining ochilishi kutilmoqda.

Škoda Kodiaq Rossiyaning Kaluga shahridagi «Grabsevo» texnoparkida joylashgan Volkswagen Group Rus zavodidan yetkazib beriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ