Oʻzbekiston 7 oyda 21,5 ming tonnadan ziyod uzum eksport qildi
Pandemiya sharoiti boʻlishiga qaramay 13 ta davlatga Oʻzbekiston uzumlarining eksporti amalga oshirilgan.

Joriy yilning 1 avgust holatiga koʻra, qiymati 18,9 million AQSh dollariga teng boʻlgan 21,5 ming tonna uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 ming tonnaga koʻp.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, uzum mahsulotining eksporti boʻyicha Qozogʻiston 12,5 ming tonna koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga 6,2 ming tonna va Qirgʻiz Respublikasiga 2,3 ming tonna uzum mevasi eksport qilingan.
Pandemiya sharoiti boʻlishiga qaramay 13 ta davlatga Oʻzbekiston uzumlarining eksporti amalga oshirilgan. Ayniqsa, bu yil Germaniya, Litva va Turkmaniston davlatlari bozorlarida vatanimiz sarhadlarida yetishtirilgan uzum mahsuloti birinchi bor sotilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, eksport qilingan mazkur uzum mahsulotining eng koʻp ulushi Fargʻona (6,2 ming tonna), Toshkent (4,3 ming tonna), Namangan (3,1 ming tonna), Xorazm (2,1 ming tonna) va Qashqadaryo (1,7 ming tonna) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keldi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

