Oʻzbekiston 13 ta davlatga uzum eksport qildi
Oʻzbekistonda yetishtirilgan uzum mahsulotining eksporti boʻyicha Qozogʻiston 22,8 ming tonna koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda.

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga koʻra, qiymati 46,8 million AQSh dollariga teng boʻlgan 51 ming tonnadan ziyod uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 ming tonnaga koʻp.

Yurtimizda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 66 ta mamlakatga eksport qilinmoqda
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, eksport qilingan uzum mahsulotining eng koʻp ulushi Fargʻona (15,3 ming tonna), Toshkent (9,6 ming tonna), Namangan (7,2 ming tonna), Xorazm (3,6 ming tonna) va Qashqadaryo (3,1 ming tonna) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keldi.
Maʼlumot oʻrnida, yurtimiz bogʻlarida yetishtirilgan uzum mahsulotining eksporti boʻyicha Qozogʻiston 22,8 ming tonna koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga 20,6 ming tonna va Qirgʻiz Respublikasiga 7,1 ming tonna uzum mevasi eksport qilingan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

