| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekiston 10 yillik yevrobondlar chiqarishga tayyorlanmoqda

Markaziy bankga Citi, Gazprombank, JP Morgan, Societe Generale va VTB Kapital banklari yordam berishadi.

Oʻzbekiston 10 yillik yevrobondlar chiqarishga tayyorlanmoqda

Oʻzbekiston 10 yillik yevrobondlar chiqarishga tayyorlanmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, 10 yilga moʻljallangan nominali dollarda koʻrsatilgan yevrobondlar chiqarish rejalashtirilmoqda. Qimmatli qogʻozlarni bozorga chiqarishda Oʻzbekiston Markaziy bankiga Citi, Gazprombank, JP Morgan, Societe Generale va VTB Kapital banklari lid-menedjerami va bukranner sifatida yordam berishadi.

“Oʻzsanoatqurilishbank” yevrobond chiqarishga tayyorgarlik koʻrmoqda

Banklar investorlar bilan xalqaro konferens-qoʻngʻiroq ilishni rejalashtirishgan. Shuningdek bir qator individual qoʻngʻiroqlar qilish ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston potensial investorlar bilan milliy valyutada (soʻm) sarmoya kiritish masalasini ham muhokama qilishga kelishib olgan.

Eslatib oʻtimiz, 2019 yilning boshida Oʻzbekiston qiymati $1 milliard dollar boʻlgan yevrobondlarni muvaffaqiyatli joylashtirgan edi. Bundan tashqari yaqinda Oʻzbekiston Energetika kompaniyalari ham sarmoya jalb qilish maqsadida mustaqil ravishda qimmatli qogʻozlar chiqarishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyev aytib oʻtgan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ