“Oʻzbekgidroenergo” Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikni yanada mustahkamladi
“Oʻzbekgidroenergo” AJ va Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 20 yil muddatga 55,8 million yevro ajratish toʻgʻrisida zayom kelishuvi imzolagan.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda Fransiya taraqqiyot agentligi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida Fransiya taraqqiyot agentligining Oʻzbekistondagi rahbari Vinsant Kope ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Oʻzbekgidroenergo” AJ Axborot xizmati xabar qildi.
Uchrashuv davomida gidroenergetika sohasida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish masalalari muhokama etildi, hamkorlikda amalga oshirilayotgan Andijon viloyatida Paytoq kichik GESi, Janubiy Fargʻona kanali 1A – kichik GESi va 2A – kichik GESi qurilishi hamda Chorvoq GESining faoliyati xavfsizligini oshirish loyihalari muhokama etildi.

Jamiyat Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Fozil Maxmudov Fransiya taraqqiyot agentligining Oʻzbekistondagi rahbari Vinsant Kopega sohada amalga oshirilayotgan yangilanish va oʻzgarishlar bilan tanishtirib, soʻnggi uch yil davomida Jamiyat tomonidan 30 dan ortiq investitsiyaviy loyihalar asosida ishlar olib borilayotganligini, gidroenergetika ulushini oshayotganligini maʼlum qildi.
Uchrashuvda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarga alohida eʼtibor qaratildi hamda mazkur loyihalarni oʻz muddatida ishga tushirish toʻgʻrisida kelishib olindi.
Maʼlumot oʻrnida, “Oʻzbekgidroenergo” AJ va Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan Andijon viloyatida Paytoq kichik GESi, Janubiy Fargʻona kanali 1A – kichik GESi va 2A – kichik GESi qurilishi hamda Chorvoq GESining faoliyati xavfsizligini oshirish loyihalarini moliyalashtirish uchun 20 yil muddatga 55,8 million yevro ajratish toʻgʻrisida zayom kelishuvi imzolangan edi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

