“Oʻzbekgidroenergo” AJ 8 ta mikro GES qurish loyihasini eʼlon qildi
Oʻzbekiston gidroenergetik salohiyatini oshirish borasida “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan investitsiyaviy loyihalar asosida yirik GESlarni qurish barobarida, mikro va kichik GESlarni qurishga ham katta eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekistonda yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ragʻbatlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini mamlakat iqtisodiyotiga keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga elektr energiyasi va neft-gaz mahsulotlarining uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgʻi-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–4779-son qarori qabul qilindi.
Qaror ijrosini oʻz vaqtida va toʻlaqonli bajarish, gidroenergetika sohasiga tegishli yoʻnalishlar boʻyicha belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida “Oʻzbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining 102-sonli buyrugʻi qabul qilindi.
Mazkur buyruqqa asosan, yangi mikro va kichik gidroelektr stansiyalarni joylashtirishning texnik imkoniyati mavjud obʼyektlar roʻyxatini tuzish va shakllantirish, kichik suv oqimlaridan unumli foydalanish maqsadida, mikro GESlarni qurish borasida soha mutaxassislari tomonidan asosli takliflar oʻrganib chiqildi va ularning roʻyxatlari shakllantirildi, deb xabar bermoqda “Oʻzbekgidroenergo” AJ matbuot xizmati.
Shakllantirilgan yangi loyihaga koʻra, “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan qurilishi rejalashtirilayotgan yangi mikro GESlarning quyidagi roʻyxati shakllantirildi:
“Chirchiq GESlar kaskadi” UK ning GES-10 tarkibida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga koʻra, mikro GES 10-GES bosimli havzasi Zax kanali bosh uzelida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 7 metr;
– suv sarfi – oʻrtacha 15 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – minimum 8 m3 dan 45 m3 gacha;
– oʻrnatilgan quvvati – 800 kVt (2x400kVt);
– yillik oʻrtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 6 mln. kVt.soat.
“Farhod GES” UK bosh gidrouzelidan 3 km uzoqlikda Quyi Dalvarzin kanali 3-5 PK oraligʻida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga koʻra, mikro GES Quyi Dalvarzin kanali 3-5 PK oraligʻida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 8 metr;
– suv sarfi – 20 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – minimum 10 m3 dan 30 m3 gacha;
– oʻrnatilgan quvvati – 1 400 kVt (2x700kVt);
– yillik oʻrtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 8-9 mln. kVt.soat.
Namangan viloyati Shimoliy Fargʻona kanali Qizilrovot suv taqsimlash inshootida mikro GES qurish loyihasi (mikro GES loyihasi.
Loyihaga koʻra, mikro GES Shimoliy Fargʻona kanali PK 64+30 da joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 10 metr;
– suv sarfi – 15 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – minimum 10 m3 dan 30 m3 gacha;
– oʻrnatilgan quvvati – 1 000 kVt (2x500kVt);
– yillik oʻrtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 4,5 mln. kVt.soat.
“Hisorak GES” UK hududida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga koʻra, mikro GES “Hisorak GES” UK hududida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 100 metr (min. 75 m dan maksimal 132 m gacha);
– suv sarfi – 3 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – minimum 1 m3 dan 6 m3 gacha;
– oʻrnatilgan quvvati – 2 000 kVt (2x1 000kVt);
– yillik oʻrtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 10 mln. kVt.soat.
“Ohangaron GES” UK hududida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga koʻra, mikro GES “Ohangaron GES” UK hududida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 35 metr (30-40 metr – nosugʻorish mavsumida);
– suv sarfi – 8 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – minimum 6 m3 dan 12 m3 gacha;
– oʻrnatilgan quvvati – 2 000 kVt (2x1 000kVt);
– yillik oʻrtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 8 mln. kVt.soat.
“Shahrixon GESlar kaskadi” UKning GES-5A hududida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga koʻra, mikro GES “Shahrixon GESlar kaskadi” UK GES-5A hududida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 35 metr;
– suv sarfi – 3 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – minimum 2 m3 dan 4 m3 gacha;
– oʻrnatilgan quvvati – 800 kVt;
– yillik oʻrtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 7 mln. kVt.soat.
“Shahrixon GESlar kaskadi” UKning GES-6A hududida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga koʻra, mikro GES “Shahrixon GESlar kaskadi” UK GES-6A hududida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 21 metr;
– suv sarfi – 3 m3;
– oʻrnatilgan quvvati – 500 kVt;
– yillik oʻrtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 4 mln. kVt.soat.
“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UK ning GES-22 hududida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga koʻra, mikro GES “Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UK GES-22 hududida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 10 metr;
– suv sarfi – 8 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – (may-sentyabr – minimum 1,5 m3 dan 2,5 m3 gacha; oktyabr-aprel – minimum 3 m3 dan 15 m3 gacha);
– oʻrnatilgan quvvati – 800 kVt (2x400kVt);
– yillik oʻrtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 4,5 mln. kVt.soat.
Taʼkidlash joizki, mikro GESlar orqali mavjud suv resurslaridan, shu jumladan, suv omborlaridan yoki irrigatsiya kanallaridan, ikkilamchi suvdan samarali va oqilona foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yanada oshirish imkoni taʼminlanadi. Mikro GESlar elektr energiya berish bilan birga, daryo oʻzanini loyqalanishdan asraydi, koʻplab ekin maydonlarini sugʻorishga imkon beradi.
Hozirgi kunda, mamlakatimiz gidroenergetik salohiyatini oshirish borasida Jamiyat tomonidan investitsiyaviy loyihalar asosida yirik GESlarni qurish barobarida, mikro va kichik GESlarni qurishga ham katta eʼtibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, mamlakatimiz suv salohiyatidan kelib chiqqan holda, mikro GESlardan foydalanish borasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish hamda eng saralarini mamlakatimizda keng tatbiq etish boʻyicha qator ilmiy-texnik, ilmiy-amaliy loyihalar ustida qizgʻin ish olib borilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

