| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi200 marta oʻqildi

Oʻzbek gilosi 11 ta davlat bozorlariga kirib bordi

Bu yil oʻzbek gilosi eksporti pandemiya boʻlishiga qaramay oʻtgan yilning shu davriga qaraganda 2 barobarga oshgan.

Oʻzbek gilosi 11 ta davlat bozorlariga kirib bordi

2020 yil 1 iyun holatiga koʻra, eksport qilingan gilos mahsulotlariga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, jami 23,5 ming tonna gilos mevasi 11 ta xorijiy mamlakatlar bozorlarida sotilmoqda. Bugungi pandemiya sharoitida bu ijobiy holat. Ushbu mamlakatlar orasida Qozogʻiston 12,4 ming tonna, Rossiya 6,7 ming tonna, Qirgʻiz Respublikasi 4,1 ming tonna bilan yuqori ulushga ega boʻldi.

Oʻzbekiston oʻriklari 9 ta xorijiy mamlakatga eksport qilinmoqda

Eʼtiborlisi, soʻnggi yillarga qaraganda bu yil oʻzbek gilosi Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilindi. Joriy yilning 1 iyun holatiga koʻra, Koreya Respublikasida 51,8 tonna mahsulot 206,8 ming AQSh dollariga sotilgan.

Mazkur jadvaldagi maʼlumotlardan koʻrinib turibdiki, gilos mevasi eksporti oʻtgan yilning shu davriga qaraganda 2 barobarga oshgan. Demak, joriy yilning 1 iyun holatiga koʻra, gilos mevasi sotuvidan mamlakatimizga qariyb 48 million AQSh dollari miqdorida valyuta kiritildi.

Yuqorida keltirilgan raqamlar yanada oshishi mumkin. Boisi, mazkur mevalarning xorijiy mamlakatlarga eksporti davom etmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ