Oʻtgan haftada birjada paxta yogʻi va shakar qanchadan sotildi?
Oʻtgan haftada savdo platformalariga 2 174,0 tonna paxta yogʻi qoʻyildi va ulardan 1 825,0 tonnasi, yaʼni 83,9% sotildi. Birja savdolariga 2 624,0 tonna shakar qoʻyildi va ulardan 890,0 tonnasi, yaʼni 33,9% sotildi.

Oʻtgan hafta davomida, yaʼni 10 – 16 avgust kunlari "Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning savdo platformalariga 2 174,0 tonna paxta yogʻi qoʻyildi va ulardan 1 825,0 tonnasi, yaʼni 83,9% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 96 ta xaridor ishtirok etdi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 13 672,0 ming soʻmdan 12 668,2 ming soʻmgacha, yaʼni 7,3% ga kamaydi. Hafta yakunlariga koʻra 1-navli paxta yogʻining haftalik kotirovkasi 4,3% ga oʻsib, mahsulotni bir tonnasi uchun 10 900,0 ming soʻmni tashkil etdi.
Hafta davomida birja savdolariga 2 624,0 tonna shakar qoʻyildi va ulardan 890,0 tonnasi, yaʼni 33,9% sotildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 855,2 ming soʻmdan 5 852,7 ming soʻmgacha pasaydi. Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan deyarli oʻzgarmadi va mahsulotni bir tonnasi uchun 5 846,4 ming soʻmni tashkil qildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

