| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi53 marta oʻqildi

Osiyo taraqqiyot banki ekologik toza transportni ishlab chiqarish sohasida Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi

Energetika vazirligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Osiyo taraqqiyot banki elektr bilan harakatlanuvchi transport vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan fikr almashdi.

Osiyo taraqqiyot banki ekologik toza transportni ishlab chiqarish sohasida Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Osiyo taraqqiyot banki maslahat kengashi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda elektr energiyasi bilan ishlaydigan transport vositalarini ishlab chiqarishni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqsad subsidiya ajratishda iqtisodiy oqibatlarni baholash

Osiyo taraqqiyot banki missiyasining maqsadi Oʻzbekistonda elektr transportini rivojlantirish siyosati va strategiyasini ishlab chiqishda oʻz maslahatlari bilan ishtirok etishdan iborat. Shuningdek, elektr bilan harakatlanuvchi transportlarning atrof-muhitga taʼsirini tahlil qilish, soliq, tariflash, subsidiya ajratishda iqtisodiy oqibatlarni baholashdir.

Elektr bilan harakatlanuvchi transport vositalari ishlab chiqariladi

Uchrashuvda texnik yordam koʻrsatishning asosiy yoʻnalishlari, resurslarni tejash, batareyalar ishlab chiqarish, elektr bilan harakatlanuvchi transport vositalarini bosqichma-bosqich joriy etishning asosiy yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashildi. Bu borada tegishli standartlarni amalga oshirish, zarur infratuzilmani yaratish kerakligi qayd etildi.

Elektr transportini rivojlantirish masalalari koʻrib chiqilmoqda

Eslatib oʻtamiz, mamlakatda elektr transportini rivojlantirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida koʻrib chiqilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ