OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish hajmini qisqartirmoqchi
AQShning baʼzi hududlarida talab kamaygani sabab neft qazib olish hajmi avtomatik tarzda qisqargan.

OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish hajmini kuniga 10 million barrelgacha qisqartirishga kelishib oldi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.
Muzokaralardan xabardor delegatlardan birining soʻzlariga koʻra, Rossiya ham qazib olish hajmini qisqartirishga rozi boʻlgan. Kreml AQSh ham bu boradagi ishlarga faqat gap bilan emas, amaliy tarzda qoʻshilishini xohlamoqda.
Tramp esa AQSh neft qazib olishni qisqartirmasligini maʼlum qilgan. Oʻz navbatida, AQShning baʼzi hududlarida talab kamaygani sabab neft qazib olish hajmi avtomatik tarzda qisqargan.
https://www.bloomberg.com/multimedia/api/embed/iframe?id=0419024d-aa96-4085-8f0d-794e574ceafd
OPEK+ uchrashuvi oldidan neft narxi biroz koʻtarildi. London birjasida Brent 1,6 foizgacha qimmatlab, 1 barreli 33,37 dollarga yetdi. Bu holatdan Saudiya Arabistoni unumli foydalanib qoldi. OPEK+ muzokaralarining tafsilotlaridan taxminan xabardor boʻlgani aytilayotgan Saudiyaning Public Investment Fund kompaniyasi neft arzonlashi sabab narxi tushgan Yevropaning yirik neft va gaz korxonalari aksiyasini sotib olishni boshlagan. Saudiya bu uchun 1 milliard dollar sarflagani aytilmoqda.

Turli manbalar OPEK+ muzokaralari tafsilotlarini maʼlum qildi. Ularda aytilishicha, muzokalarga koʻra neft qazib olish hajmi turli bosqichlarda olib boriladi. Masalan, iyun oyidan boshlab dunyo boʻylab neft qazib olishning kunlik hamji 10 million barrelga kamaytiriladi. Dekabrdan bu koʻrsatkich 8 million barrelga yetadi, keyingi yil apreldan kunlik neft qazib olish hajmi hozirgiga qaraganda 6 million barrelga kamayadi. Neft qazib olish hajmini qisqartirish rejasi ikki yilga moʻljallangan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

