OKMK da sof palladiy olishga erishildi
Dunyo bozorida 1 grammi 67 dollarga baholanayotgan palladiy Oʻzbekistonda birinchi bor yuqori tozalikdagi 99,00% sof kukun shaklida olindi.

Platinadan 7,3 foizga qimmat yuradigan bu nodir metallni Oʻzbekistonda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashabbusi va ilmiy tadqiqotlari tufayli birinchi bor yuqori tozalikdagi 99,00% sof kukun shaklida olishga erishildi. Bu haqda kombinatning axborot xizmati maʼlum qildi.
Bugun dunyo bozorida 1 grammi 67 dollarga baholanayotgan palladiy ishlab chiqarish sanoati yildan yilga sohaviy tarzda takomillashib bormoqda. Bu metall asosan tibbiyot, xususan, stomatologiya sohasida, elektronika, mashinasozlik va kimyoviy ishlab chiqarish tarmoqlarida keng qoʻllaniladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

