| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi222 marta oʻqildi

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun bank filiallariga 500 mlrd. soʻm yetkazildi

Kredit mablagʻlari qarz oluvchilar tomonidan erkin tarzda tuzilgan shartnomalarga asosan mahsulot va uskuna yetkazib beruvchi ning hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun bank filiallariga 500 mlrd. soʻm yetkazildi

Prezidentining PQ-4720-sonli qaroriga asosan “Agrobank”, “Mikrokreditbank” va Xalq bankiga OʻzTTJ tomonidan ajratilishi koʻzda tutilgan 1 trln. soʻmdan, birinchi bosqichda 500 mlrd. soʻm miqdordagi resurs ajratildi hamda mazkur banklarning joylardagi filiallariga yetkazildi.

Joriy yilning 1 iyunidan:

  • mahsulotlarni yetkazib beruvchi (xizmatlar koʻrsatuvchi) taʼminotchilar roʻyxatini tasdiqlash amaliyoti bekor qilinadi (faqat naslli chorva mollari (qoramol, qoʻy, echki) yetkazib beruvchilar roʻyxati ularning yetarlicha imkoniyatlari mavjudligi inobatga olingan holda tasdiqlanishi);

  • tuman sektori rahbarlari oʻzlariga biriktirilgan hududlarda tadbirkorlik tashabbuslarini oʻrgangan holda tavsiyanoma beradi;

  • bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobarigacha kredit ajratishga viloyat markazlari tomonidan xulosa berilishi talab etilmagan holda, tuman (shahar) markazlarining xulosalari asosida tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosari va tegishli bank filiali boshqaruvchisi tomonidan belgilangan tartibda maʼqullanadi;

  • kredit mablagʻlari qarz oluvchilar tomonidan erkin tarzda tuzilgan shartnomalarga asosan mahsulot va uskuna yetkazib beruvchi (xizmat koʻrsatuvchi)ning hisob raqamiga oʻtkazib berilishi belgilandi.

Dasturlar doirasida kreditlar tuman Markazlari tomonidan xulosalar hudud uchun belgilangan resurs mablagʻlari doirasida berilib, dastur doirasida ajratiladigan mablagʻlarning:

– 70 foizi kafolatlangan yangi ish oʻrinlari yaratishni koʻzda tutuvchi kichik va oʻrta biznes loyihalariga,

– 30 foizi ustuvor ravishda uy sharoitida oʻzini oʻzi band qilish, xususan, aholining tomorqasidan unumli foydalanish hamda uy sharoitida hunarmandchilikni rivojlantirishga yoʻnaltirish moʻljallanmoqda.

Kreditlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va kambagʻallikni qisqartirishda hissasi yuqori boʻlgan (ustuvor ravishda ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz fuqarolarni daromadli mehnat hamda yangi ish oʻrinlari bilan band qilishga qaratilgan) loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishiga hamda ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi va samaradorligi taʼminlanishiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ