| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi607 marta oʻqildi

“Nukus city” shaharchasi quriladi

Prezidentimizning 2018 yil 2 avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Nukus shahri markazida “Nukus city” shaharchasi barpo qilinadi.

“Nukus city” shaharchasi quriladi

Prezidentimizning 2018 yil 2 avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Nukus shahri markazida “Nukus city” shaharchasi barpo qilinadi. Shahar ichidagi yangi shaharning qurilish ishlari kelgusi yilda boshlanadi. Nukus shahri arxitektura va qurilish boʻlimi arxitektori Azamat Orazimbetov taqdim etgan maʼlumotga koʻra, Prezident qarori ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan 2019 yil 26 fevralda “Nukus city” zamonaviy ishbilarmonlik markazini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan. Bugungi kunda “Nukus city” loyihasining yangi varianti ishlab chiqilgan. Yangi shaharcha shahar markazidan oqib oʻtuvchi “Doʻstlik” kanalining chap qirgʻogʻidagi maydonga, yaʼni “Turon” mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli hududda barpo etiladi. Qurilish obʼyektlari uchun birinchi bosqichda 43 gektar yer maydoni tanlangan boʻlsa, ikkinchi bosqichda bu 53 gektarga yetkazildi. “Nukus city”ning umumiy maydoni 70 gektardan ortiq boʻladi. Qurilish uchun belgilangan hududda 400 dan ortiq xususiy uylar bosqichma-bosqich buzilishi belgilangan. Ijtimoiy ahamiyatga ega baʼzi yirik obʼyektlar – masjid, sport kolleji, suv basseyni, futbol stadioni va yangi qurilgan 4-5 qavatlik uylar buzilmaydi. “Nukus city”da dastlab 16 qavatlik uylar qurilishi rejalashtirilgan. Undan tashqari 20 qavatli mehmonxona, biznes markazlari, koʻngilochar maskanlar, banklar, savdo doʻkonlari qurilishi ham nazarda tutilgan. Xususiy uylarni buzib, koʻchirish ishlari 3 bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqichda 140 ta uyning buzilishi va uning egalarini boshqa joyga koʻchirish ishlari reja qilingan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ