“Nexia 3” avtomobili oʻtgan yilning eng xaridorgir modeli boʻldi
UzAuto Motors keyingi yillarda oʻzining samarali islohotlari bilan xaridorlar eʼtiborini qozondi, deb xabar berdi OʻzA.

UzAuto Motors keyingi yillarda oʻzining samarali islohotlari bilan xaridorlar eʼtiborini qozondi, deb xabar berdi OʻzA.
Ayniqsa, avtomobil xarid qilishdagi “berdi-berdi”larni tugatilgani, yangi turdagi avtomobillar ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyilishi hamda Trade-in dasturini amaliyotga tatbiq etilishi. Shuningdek, avtomobil xarid qilishda kredit tizimini keng joriy etilishi oddiy aholi tomonidan juda iliq kutib olindi.
Bu esa oʻz navbatida avtomobil ishlab chiqarishdagi oʻsishga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi. Shu oʻrinda, bevosita raqamlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak:
2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 51 824 ta “Damas” avtomobili (oʻsish surʼati 149,7 %) ishlab chiqarilgan boʻlsa, “Gentra” modeli 44 508 dona (oʻsish surʼati 133,6 %), “Spark” 24 249 dona (oʻsish surʼati 83,4 %), “Labo” 7 288 dona (oʻsish surʼati 98,7 %) hamda “Tracker” rusumi 7 930 dona ishlab chiqarildi.
Shuningdek, oʻtgan yilning yanvar-dekabr oylarida eng xaridorgir model sifatida “Nexia 3” avtomobili tanlandi. UzAuto Motors mazkur rusumdagi avtomobildan yil davomida 73 151 dona ishlab chiqardi. Bu esa 2018 yilga nisbatan yilning mos davriga qaraganda 123,3 % ga oshganini koʻrsatadi.
Qolaversa 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 56 211 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi. Bu koʻrsatkich 2018 yilning mos davriga nisbatan 149,4 % ga oshganini koʻrsatadi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 5 944 dona “Malibu” avtomobili ishlab chiqarildi. Bu koʻrsatkich 2018 yilning shu davriga nisbatan olib qaraganda 89,7 % ga oshganini koʻrsatadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

