Navoiyda servisni rivojlantirishga 30 mlrd soʻm ajratilmoqda
Ushbu kredit liniyasi olti oylik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasi darajasida 3 yil muddatga beriladi.

Prezidentning 2020 yil 16 iyundagi "Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori doirasida Navoiy viloyatiga 30 mlrd. soʻm ajratilmoqda.

Oʻzini oʻzi band qilgan tadbirkorlar uchun kredit ajratiladi
Ushbu kredit liniyasi olti oylik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasi darajasida 3 yil muddatga beriladi. Mazkur kredit liniyasi mablagʻlarining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur maʼlumotlar Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi, tijorat banklari va Savdo- sanoat palatasi rahbarlarining Navoiy viloyatida xizmatlar sohasida jadal oʻsish surʼatlarini taʼminlash, tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va aholi uchun yangi ish oʻrinlari yaratish masalalarini birgalikda oʻrganib chiqish boʻyicha tashkil etilgan uchrashuvlari davomida bayon etildi.
Taʼkidlash joizki, shu kunlarda tijorat banklari vakillari joylarda tadbirkorlik subʼyektlari vakillari bilan uchrashib, kredit liniyasi maqsadini tushuntirgan holda xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalar paketini shakllantirmoqda.
Qaror ijrosi doirasida respublikamizning boshqa hududlarida ham kreditlarni xizmat koʻrsatish sohasidagi istiqbolli loyihalarga yoʻnaltirish boʻyicha ishchi guruhlar faol ish olib bormoqda. Ushbu sohaga jami 1 trln. soʻm miqdorida kreditlar ajratilishi koʻzda tutilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

