Navoiyda ishlab chiqariladigan Xitoyning “Oshan” brendli avtomobillarining taxminiy narxi maʼlum boʻldi
“Navoiy – motors” Oʻzbekiston-Avstriya qoʻshma korxonasi rahbari Sherzod Moʻminov Xitoyning “Oshan” brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarning kutilayotgan narxlarini ochiqladi.

Oʻzbekistondagi birinchi erkin iqtisodiy zona – “Navoiy” EIZ bu yerda olib borilayotgan ish koʻlami jihatidan ham yetakchilik qilib kelmoqda. Karmana tumanining 500 gektarlik maydonini egallagan mazkur biznes maydoniga ayni paytda Navoiy shahridan ham bir qator obʼyektlar va maydonlar qoʻshib berilgan.

Navoiy viloyatida ham avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi
“Bugungi kunda erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan korxonalar soni 50 dan ortiqni tashkil etadi. Xitoy, Eron, Turkiya kabi dunyoning 10 ga yaqin mamlakatlari ishbilarmon doira vakillarining viloyatimizda biznes yuritishga ishtiyoqi baland. EIZ hududida hozirda koʻplab yangi qoʻshma korxonalar tashkil etish ustida ish olib borilmoqda”, – deydi EIZ direksiyasining investorlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Jamshid Jumayev.
“Navoiy – motors” Oʻzbekiston-Avstriya qoʻshma korxonasi shulardan biri sanaladi. Umumiy qiymati 12 million AQSh dollariga teng boʻlgan ushbu loyiha yurtimiz avtomobilsozlik sanoatida yangi imkoniyatlar yaratishni hamda yangi davrni boshlab berishni maqsad qilgan. Sababi Xitoy davlatining “Oshan” brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarni endilikda shu yerning oʻzida yigʻish va ichki bozorga chiqarish rejalashtirilmoqda.
“Ayni paytda zavod qurish ishlari jadal davom etmoqda. Yil yakuniga qadar mazkur ishlar toʻliq yakunlanib, avtmobillar yigʻish va sotish ishlarini ham boshlab yuborish koʻzda tutilgan. Avtomobillar narxi taxminan 13 ming AQSh dollaridan 30 ming AQSh dollarigacha boʻlishi kutilmoqda”, deydi korxona rahbari Sherzod Moʻminov.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

