| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 531 marta oʻqildi

Navoiy viloyatida ham avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

Xitoy davlatining “Oshan” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni endilikda Navoiyda ham yigʻish va ichki bozorga chiqarish rejalashtirilmoqda.

Navoiy viloyatida ham avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

Navoiy viloyati erkin iqtisodiy hududda yaqin kunlarda “Navoiy – motors” Oʻzbekiston-Eron qoʻshma korxonasi barpo etiladi. Loyihaning umumiy qiymati 12 million AQSh dollarini tashkil etadi. Loyiha doirasida Xitoy davlatining “Oshan” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni endilikda Navoiyda ham yigʻish va ichki bozorga chiqarish rejalashtirilmoqda.

“Dastlab, ichki bozor uchun zamonaviy yoʻl tanlamas, pikap, miniven kabi kuzovli avtomobillar yigʻishni yoʻlga qoʻyamiz. Yiliga 30 ming dona avtoulov ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonamizda 200 nafardan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilayotgan zavodning barqaror ishlashi uchun soliq va bojxona imtiyozlarining yaratilayotgani ayni muddao boʻlmoqda”, – deydi korxona bosh texnologi Afshin Shakeri.

Ayni paytda mazkur korxonaning qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Karantin talablari asosida quruvchi va muhandislar tunu-kun mehnat qilmoqda. Maqsad qurilish ishlarini tezda yakunlash. Hozir bu yerda sement, oʻlchov, tuproq ishlari olib borilyapti. Xullas, yaqin kunlarda NEIZ dagi korxonalar soni yana bittaga koʻpayadi.

Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda Janubiy Koreya Respublikasi, Xitoy, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Italiya, Buyuk Britaniya singari rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar bilan hamkorlikda 30 ga yaqin korxonalarda 25 dan ortiq loyihalar faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilgan. Istiqbolda esa, ushbu loyihalarni 78 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Fotogalereya 3

  • Navoiy viloyatida ham avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi — 1-surat, jami 3 ta
  • Navoiy viloyatida ham avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi — 2-surat, jami 3 ta
  • Navoiy viloyatida ham avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi — 3-surat, jami 3 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ