Moʻynoqda baliq konserva zavodi foydalanishga topshirildi
Konserva zavodini qurish uchun tuman markazidan 0,56 ga. yer maydoni ajratilib, zavodning asosiy qismi metall konstruksiyalar asosida tiklandi.

Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumani baliqchilikka ixtisoslashganligi tufayli davlat byudjeti hisobidan 25 mlrd. soʻm qiymatidagi investitsiya loyihasi asosida tuman markazida baliqni qayta ishlash va konservalash zavodining qurilish ishlari joriy yilning fevral oyida boshlangan edi.
Konserva zavodini qurish uchun tuman markazidan 0,56 ga. yer maydoni ajratilib, zavodning asosiy qismi metall konstruksiyalar asosida tiklandi.
Baliq mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash liniyasini tashkil qilish uchun Rossiya Federatsiyasi Kaliningrad shahrining “Ribtexsentr” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalar olib kelinib, ularni montaj qilish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur loyiha ishga tushirilishi bilan, korxonada yiliga 3 650 tn baliq qayta ishlanib, natijada 9 mln. dona baliq konservasi, 780 tn. baliq farshi, 400 tn. baliq filesi va 200 tn. dudlangan baliq tayyorlanadi. Zavodda 1 000 tn. baliq mahsulotlarini saqlash uchun muzlatgichli omborxona mavjud.
Shuningdek, loyiha ishga tushirilishi bilan 60 ish oʻrni yaratildi.
Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun, “Moynaq Akva sanoat” davlat unitar korxonasiga tumandagi umumiy maydoni 60 ming ga.dan ortiq boʻlgan 9 ta suv havzalari biriktirilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

