Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi: Uzauto Motors "Raqobat toʻgʻrisida"gi qonun talablarini buzgan
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻtkazgan tekshiruvda Uzauto Motors "Raqobat toʻgʻrisida"gi qonun talablarini buzgani aniqlanib, kompaniyaga nisbatan ish qoʻzgʻatildi.

Oʻzbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan Uzauto Motors kompaniyasida «Raqobat toʻgʻrisida"gi qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv oʻtkazildi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar qildi.

Tekshiruv jarayonida, shu jumladan, ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qoʻllanilishi asosliligi oʻrganildi.
Tekshirish natijalari boʻyicha jamiyat tomonidan «Raqobat toʻgʻrisida» qonunining tegishli moddasi talablari buzilishi alomatlari aniqlanib, kompaniyaga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi.
Qayd etilishicha, Uzauto Motors kompaniyasiga nisbatan qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining maxsus komissiyasi qarori qabul qilinganidan soʻng natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

