Moliya vazirligi: Navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalar London fond birjasida joylashtiriladi
Moliya vazirligi tomonidan navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarni muomalaga chiqarish boʻyicha barcha zaruriy chora-tadbirlar, jumladan, emissiya prospekti va boshqa yuridik hujjatlar tayyorlandi.

2020 yil 17 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarini London fond birjasida joylashtirilishini eʼlon qildi.
Suveren xalqaro obligatsiyalarning joylashtirilishini samarali tashkil etish maqsadida xalqaro investitsion banklar va yuridik firmalarga oʻz takliflari boʻyicha soʻrovnomalar (request of proposals) yuborildi va raqobatli tanlov asosida quyidagi bank-anderrayterlar, qoʻshma bukrannerlar va yuridik konsultantlar tanlab olindi:
bank-anderrayterlar – “Siti”(AQSh), “J.P. Morgan Shase” (AQSh), “Societe Generale” (Fransiya), “VTB Capital” (Rossiya) va “Gazprombank” (Rossiya);
yuridik konsultant – “White & Case LLP” (Buyuk Britaniya).
Shu bilan birga, Moliya vazirligi tomonidan navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarni muomalaga chiqarish boʻyicha barcha zaruriy chora-tadbirlar, jumladan, emissiya prospekti va boshqa yuridik hujjatlar tayyorlandi.
Kun davomida “roud-shou” (Road-show) tadbiri doirasida xalqaro investorlar uchun telekonferensiya (Global Investor Call) oʻtkazish rejalashtirilgan va unda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Daniya va Shveysariya kabi mamlakatlardan xalqaro investorlar ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, 17-18 noyabr kunlari xalqaro investorlar bilan “yakkama-yakka” (one-on-one) formatida telekonferensiyalar boʻlib oʻtadi.
Telekonferensiya davomida xalqaro investorlarga mamlakatimizning joriy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari, pandemiya sharoitida barqarorlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan tizimli va institutsional islohotlar, davlat korxonalari va bank sektorini isloh qilish va xususiylashtirish istiqbollari boʻyicha taqdimot qilinmoqda.
Joriy yilning 19 noyabr kuni jahon moliya bozoridagi vaziyatni inobatga olgan holda suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha qaror qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumot tranzaksiya jarayonida taqdim etib boriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

