| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi299 marta oʻqildi

«Mikrokreditbank» hamda «ODDO BHF» banklari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatildi

Shu kunlarda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi Murodilla Eshmatov boshchiligidagi mazkur moliya muassasasi vakillaridan iborat delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib turibdi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

«Mikrokreditbank» hamda «ODDO BHF» banklari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatildi

Shu kunlarda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi Murodilla Eshmatov boshchiligidagi mazkur moliya muassasasi vakillaridan iborat delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib turibdi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

Safar doirasida qator moliya muassasalari bilan oʻzaro manfaatli kelishuvlarga erishish belgilangan. Xususan, bugun «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki yurtimizdagi yirik va kichik biznes subʼyektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Germaniyaning «ODDO BHF» banki bilan ikki tomonlama biznes korporatsiyalarini rivojlantirish boʻyicha anglashuv memorandumi imzoladi.

Maʼlumot uchun taʼkidlash joizki, «ODDO BHF» banki 150 yildan ortiq tarixga ega mustaqil fransuz-nemis moliya muassasasi hisoblanadi. Hozirda ushbu bank yillik sof foydasi hamda ustav kapitali boʻyicha dunyodagi yirik banklar qatorida turadi.

Kelishuvga koʻra, «ODDO BHF» banki tomonidan Oʻzbekiston iqtisodiyotiga jalb etiladigan mablagʻlar Yevropa Ittifoqidan import qilinayotgan asosiy vosita va texnologik uskunalarni xarid qilishga yoʻnaltiriladi.

Xususan, «ODDO BHF» banki tomonidan ajratiladigan kredit liniyasi mablagʻlari hisobidan Toshkent shahridagi «SESAME» MChJning avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari faoliyatini tashkil qilish uchun, Surxondaryo viloyatidagi «Aziya-Golden-Fish» MChJga baliqchilik klasterini tashkil etish maqsadida, «Gold Biznes Pro» MChJga beton va beton mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish uchun, Sirdaryo viloyatidagi «EURASIA GAZ BETON» MChJga gazobeton mahsulotlari ishlab chiqarish kompleksi tashkil qilish maqsadida, «Sirdaryo Mega Lyuks» MChJga esa polietilen qoplarini ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan.

Delegatsiyaning Germaniya Federativ Respublikasidagi safari davom etmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ