| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi554 marta oʻqildi

MIB, ichki ishlar va chegara qoʻshinlarining idoralararo hamkorlik tizimi qayta koʻrib chiqildi

“Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekistondan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3196, 12.11.2019 y.).

Unga koʻra, qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash ijro hujjati qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda qoʻllaniladi.

Quyidagi hollarda qarzdorning chetga chiqishi cheklanmaydi:

  • qarz miqdori BHMning 5 baravaridan (1 115 000 soʻmdan) oshmasa (avval bu miqdor 446 000 ni tashkil etgan), aliment yoki boshqa davriy toʻlovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bundan mustasno;

  • sud qarorini ijro etish uchun yetarli mol-mulk olib qoʻyilgan boʻlsa;

  • qarzdor yuridik shaxs boʻlganda.

Qarzdorning chetga chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida undiruvchi (uning vakili) ariza bilan MIBga murojaat etishi mumkin.

Arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qaror chiqariladi yoki ariza rad etiladi.

Cheklov qoʻyilganligi va olib tashlanganligi haqidagi maʼlumot idoralararo hamkorlik tizimi orqali ichki ishlar organlari va Chegara qoʻshinlariga yuboriladi.

Qarzdorning chetga chiqishi vaqtincha cheklanganligi yoki olib tashlanganligi haqida unga yozma (elektron pochta) va telefon (mobil aloqa) orqali SMS yuboriladi.

Quyidagi hollarda cheklov toʻxtatib turiladi va qazdorning chetga chiqishiga ruxsat beriladi:

  • Oʻzbekistondan tashqarida kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan hollarda;

  • Oʻzbekistondan chiqib ketuvchi delegatsiya tarkibiga kiritilganda.

Chegara hududlarda chetga chiqishi vaqtincha cheklangan qarzdor aniqlanganda, unga bu haqda toʻliq maʼlumot beriladi va www.mib.uz sayti orqali maʼlumot olishi mumkinligi tushuntiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ